Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
FOTOREPORTAJ
Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari Buxoro viloyatida ham yuksak saviyada tashkil etildi.
Shofirkon tumanidagi “Ilhom” tantanalar majmuasi, dehqon bozori va buyum bozori savdo majmualarida, mahallalar va ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida keng jamoatchilik ishtirok etdi.
[gallery-13302]
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalqaro islom akademiyasi, Musulmonlar idorasi va boshqa bir qancha mas’ul tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari tomonidan tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi kabi bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirlar yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jinoyatchilikni oldini olish, insonlarda daxldorlik hissini yuksaltirish, yoshlarni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, ayolning oila va farzand tarbiyasidagi o‘rnini mustahkamlash maqsadiga qaratildi.
Targ‘ibot tadbirlarida so‘z olganlar diniy bag‘rikenglik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanni sevish, yurtga sadoqat, fidokorlik, insonparvarlik kabi oliy fazilatlar borasida o‘z fikrlarini hayotiy misollar asosida bildirdi. “Tinchlik qadri” nomli videorolik namoyishi barchada katta taassurot qoldirdi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA