Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasi tashabbusi bilan “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasi rahbari, viloyat IIB terrorizmga qarshi kurashish bo‘limining mas’ul xodimi hamda umumta’lim maktablaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirok etdi.
[gallery-10343]
Tadbirda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ushbu illatlarning oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, teng huquqiylik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish kabi masalalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA