Jabborov Elbek Erkin o‘g‘lining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mintaqa sanoat korxonalari tuzilmasini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusida
Jabborov Elbek Erkin o‘g‘lining 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisoslik bo‘yicha “Mintaqa sanoat korxonalari tuzilmasini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.11.03-raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 3-noyabr kuni soat 16:00 dagi onlayn (masofaviy) majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180119, Qarshi, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy, QarDU 1-binosi, Turizm va amaliyot markazi.
Tel: (998 75) 221 21 04
e-mail: kasu_info@edu.uz