Iymanov Javlon Saidraxmonovichning falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida
“Markaziy Osiyoda ma’naviy barqaror muhit istiqbollari: muammo va yechimlar (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusida
Iymanov Javlon Saidraxmonovichning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “Markaziy Osiyoda ma’naviy barqaror muhit istiqbollari: muammo va yechimlar (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 15-aprel kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129 uy. Andijon davlat universiteti, Axborot-resurs markazi binosi, 3-qavat, 301-xona.
Tel: 0(374) 223-88-30; Faks: 0(374) 223-88-30
e-mail: agsu_info@edu.uz