Italiyada ilk bor yangi pnevmoniya kuzatildi
Italiya sog‘liqni saqlash oliy instituti (ISS) bolalar salomatligiga oid tashvishli holat haqida ma’lum qildi.
– Ayni dam bolalarda “Mycoplasma pneumoniae” bilan bog‘liq ikki hodisa qayd etildi, bemorlar respiratorli alomat bilan Peruja shahri kasalxonasiga yotqizilgan, – deyilgan xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, gap jamoatchilik orasida doim uchrab turadigan va hammaga ma’lum patogen haqida boryapti. Zero, Fransiya, Niderlandiya va Daniyada ko‘p uchrayotgani uchun respiratorli xastalikning ushbu turiga e’tibor kuchaytirilgan. Institut keltirgan ma’lumotda global pnevmoniyaning 10-20 foizi ushbu bakteriya bilan bog‘liqligi aytilgan.