Istanbulda Moliya markazi ochildi
Bugun Turkiyaning Istanbul shahrida Moliya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi “Anadolu”.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tadbirda so‘zga chiqib, mazkur majmuaning mahalliy va xorijiy moliya tuzilmalari bilan hamkorligi natijasida yangi moliya ekotizimi yaratilishini ta’kidladi.
OAV qayd etishicha, 1.4 million kvadrat/metr maydonni egallagan markaz qurilishiga 64 milliard lira (3.3 milliard dollar) sarflangan.