Issiqlik yetkazilmagan kunlar uçun hisoblangan mablağ isteʼmolçilarga qaytarildi
Qaşqadaryoda Raqobat qömitasi örganişi natijasida 5 ming 500 xonadonga issiqlik uçun asossiz hisoblangan 2,3 milliard söm qayta hisoblandi. Xizmat körsatilmagan kunlar uçun tölovlar endi bekor qilinadi.
Raqobat qömitasining Qaşqadaryo viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan köp qavatli uylardagi xonadonlarning markazlaşgan issiqlik tizimi orqali issiqlik bilan taʼminlanişi örganildi.
“Issiqlik taʼminoti” MÇJ mahalliy qozonxonalar orqali Qarşi şahri va Nişon, Koson hamda Yakkaboğ tumanlaridagi jami 384 ta köp qavatli uyning 14 ming 448 ta xonadoniga issiqlik energiyasi yetkazib bergan. 12 ta byudjet va boşqa turdagi taşkilotlarni ham issiqlik energiyasi bilan taʼminlaş böyiça şartnomalar tuzilgan.
Örganişlar davomida rejali taʼmirlaş, tizimdagi avariyalar, gaz bosimining meʼyordan pasayişi, sovuq suv va elektr energiyasi taʼminotidagi uzilişlar tufayli qozonxonalar işlamagan kunlarda issiqlik yetkazilmagani aniqlandi. Şunga qaramay, mazkur kunlar uçun ham qarzdorlik hisoblangan.
Isteʼmolçilarning nomuayyan doirasi huquqlarini himoya qiliş maqsadida bu mablağlar mavsum yakuni böyiça qonunçilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilinişi masalasi körib çiqildi. Natijada viloyatdagi 5 ming 500 ta xonadonda yaşovçi isteʼmolçilar foydasiga 2,3 milliard sömga yaqin mablağ qayta hisob-kitob qilindi.
Nigora Rahmonova,
ÖzA