Issiqko‘l – Markaziy Osiyoning bebaho boyligi
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida so‘zlagan nutqida, jumladan, Issiqko‘lni qutqarish jamg‘armasi tashkil etish taklifini ilgari surdi va ushbu tashabbus uchun mamlakati 10 million dollar ajratishga tayyorligini ma’lum qildi.
Davlat rahbari BMT boshchiligida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarni ushbu noyob hududni asrab qolish uchun maxsus qo‘shma trast fond tuzilishini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
A.Mamatov, O‘zA