Isroilda Netanyaxuga qarshi namoyishlar
Quddus va Tel-Avivda minglab odamlar hukumatdan inqirozni bartaraf etishni talab qilib ko‘chalarga chiqdi. Ular Bosh vazir Binyamin Netanyaxuga hukumati XAMAS guruhining 7 oktyabrdagi hujumiga tayyor emasligi, asirlar masalasini hal etishi uchun bosim kuchayib borayotganini ro‘kach qilishmoqda.
Shanba kuni politsiya Netanyaxu qarorgohi oldida yuzlab namoyishchilarni ushlab turdi. Moviy-oq rangli Isroil bayroqlarini hilpiratgan namoyishchilar “Hozir qamoqqa!” deya hayqirishdi.
– Men hukumatimdan kutaman va talab qilaman, o‘ylab ko‘ring, – deydi Hadas Kalderon. – Har kuni urushning yana bir kuni bilan uyg‘onaman. Farzandlarim hayoti urush ichida.
O‘g‘irlanganlar orasida uning oilasidan besh kishi borligi aytildi.
Isroilda jamoatchilik g‘azabi kuchaymoqda, G‘azoda ushlab turilgan asirlarning oilalari hukumatni qattiq tanqid qilib, qarindoshlarini uylariga qaytarishga chaqirmoqda.
Televideniyening 13-kanali o‘tkazgan so‘rovda isroilliklarning 76 foizi Netanyaxu iste’foga chiqishi kerak, 64 foizi esa urushdan so‘ng darhol saylov o‘tkazilishi kerakligini bildirishgan. “Hujum uchun kim ko‘proq aybdor?”, degan savolga javoban, ishtirokchilarning 44 foizi Netanyaxuni, 33 foizi harbiy shtab boshlig‘i va Mudofaa kuchlari yuqori martabali amaldorlarini, 5 foizi esa mudofaa vazirini ayblagan.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken Ammanda Iordaniya va Misrdagi hamkasblari bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida AQSH G‘azoda “gumanitar pauza” qilishga chaqirayotganini tasdiqladi.
Iordaniya va Misr vazirlari bu pozitsiyani yoqlamadi. Aksincha, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ta’kidlab, boshqa arab yetakchilari chaqirig‘ini takrorladilar.
HAMAS qurolli qanoti Isroilning G‘azoga havo hujumi tufayli 60 dan ortiq asir bedarak yo‘qolganini aytdi.