Isroil Suriyaga ham yurish boshladi
Isroil rejimi Suriyaning Homs viloyati va Livan chegarasidagi hududga hujum uyushtirdi.
"Al-Arabiya" telekanali ma’lumotiga ko‘ra, sionistik rejim bu gal Suriyaning Livan yaqinidagi chegara hududi - Al-Qusayrni nishonga oldi.
So‘nggi kunlarda bu hududga bir necha bor havodan zarba berildi. Natijada odamlar halok bo‘ldi, yaralandi.
Ma’lumki, hozir Suriyada terrorchi guruhlar isyon ko‘tarib hukumatni qo‘lga olishni ko‘zlayapti. Mamlakat harbiylari esa Rossiya kabi davlatlar ko‘magida qarshilik ko‘rsatib, jangarilarni yo‘q qilishga urinmoqda.
“Al-Qoida”ga aloqador “Hay’at tahrir ash-Shom” guruhi boshchiligidagi xorij tomondan qo‘llab-quvvatlangan terrorchilar 27 noyabr kuni kutilmaganda Halab va Idlib tomon hujum uyushtirib, bir necha qishloq va shaharni egallab olgan.