Islomiy banklardagi investitsiyaviy omonatlarning fuqarolik-huquqiy tabiati va omonatchilar manfaatlarini himoya qilish muammolari
Jaxongir Zunnurxon o‘g‘li SOBITXONOV mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, Oʻzbekiston sobitxonovjahongir@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston qonunchiligidagi islomiy investitsiyaviy omonatning fuqarolik-huquqiy tabiati, asosiy summani qaytarish va zarar tavakkalchiligi, bankning aybli xatti-harakatlari uchun javobgarligi, omonatlarni kafolatlash tizimining tatbiq etilmasligi hamda bank tugatilganda investorning huquqiy holati tahlil qilingan. Ular O‘zbekiston qonunchiligi Malayziya tajribasi, AAOIFI va IFSB standartlari, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi davlatlar qonunchiligi bilan taqqoslangan. Shu asosda investitsiyaviy mablag‘larning мustaqil shartnomaviy-huquqiy toifasi, tavakkalchiliklarni oshkor etish va investitsiyaviy aktivlarni alohida qilishga yondashuvlar asoslangan.
Tayanch so‘zlar: islomiy bank, investitsiyaviy omonat, bank omonati, mudaraba, investitsiya tavakkalchiligi, omonatchi huquqlarini himoya qilish.