O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar muloqoti” konferensiyasi doirasida Islom taraqqiyot banki (IsDB) prezidenti Muhammad Al Jasser bilan uchrashdi.

Uchrashuvda bank ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish, ularning joriy holati va kelgusi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekistonda transport infratuzilmasi va ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar natijasida qator hujjatlar imzolandi. Unga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida 37 km. avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, “SmartED” ta’lim loyihasi doirasida 58 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi inklyuziv ta’lim talablariga mos holda barpo etiladi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda infratuzilma hamda ta’lim sohasida yangi loyihalar amalga oshiriladi