Vatanimiz tarixidagi 25-yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1910 yil (bundan 111 yil oldin) – Farg‘ona vodiysida ikkinchi xususiy matbaaga asos solgan ilk o‘zbek noshirlaridan biri Is'hoqxon Ibrat viloyat boshqarmasi nomiga o‘tinchnoma yozdi. Unda litografiya (toshbosma)ni To‘raqo‘rg‘on qishlog‘idan Namangan shahriga ko‘chirib joylashtirishga ruxsatnoma berishni iltimos qildi.

Ishoqxon Ibrat sarmoyasini ko‘paytirish payida bo‘lgan tipografiyalar va litografiyalar sohiblari bo‘lmish rus savdogarlari va mahalliy boylardan farqli o‘laroq kitoblar nashr etishdan mutlaqo o‘zgacha – ma’rifatparvarlik maqsadlarini ko‘zlar edi.

1912 yil (bundan 109 yil oldin) – Turkiston general-gubernatori Turkiston o‘lkasi viloyatlari inspektorlari va Sirdaryo viloyati o‘quv muassasalari direktoriga o‘quv mahkamalarining jadid maktablari ustidan nazoratchilik vakolatlarini mustahkamlovchi 5 banddan iborat farmoyishini e’lon qildi.

Tarixchi Najmiddin Qodirovning yozishicha, imperiya hukumati yangi usul maktablarini milliy madaniyatni o‘stirishiga yordam berishidan cho‘chib podsho hokimiyati uchun hatarli deb baholadilar. Shuning uchun ularning faoliyatini cheklovchi turli tadbirlar ko‘rilgan edi.

Turkiston o‘lkasi ma’muriyati tomonidan qo‘llanilgan choralar oqibatida 1910–1911 o‘quv yili davomida 50 dan ortiq yangi usul maktabi faoliyatiga chek qo‘yildi. Lekin bu turdagi maktablar soni o‘sishda davom etdi. 1918 yilgacha O‘zbekiston hududida 104 ta “yangi usul” maktablari bo‘lib, ularda 10 ming 343 nafar o‘quvchi ta’lim olgan.

1918 yil (bundan 103 yil oldin) – Toshkent Xalq xo‘jaligi soveti o‘z faoliyatini boshladi. Shu yilning 2 martida Ijroiya qo‘mita tomonidan uning Nizomi tasdiqlangan. Nizomda qayd qilinishicha, uning vazifalari quyidagilardan iborat edi: shahardagi sanoat sohalari ishlarini tashkillashtirish va tartibga solish, shuningdek jamoatchilik uchun zarur hisoblangan inshootlarni barpo qilish.

1921 yil (bundan 100 yil oldin) – Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetining “Viloyat arxiv jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga asosan mahalliy arxiv tashkilotlari qonuniy jihatdan rasmiylashdi. Bu qarorda viloyat hududidagi barcha idoralarning ish yuritish hujjatlari viloyat davlat arxivi jamg‘armasining tarkibiy qismi hisoblanadi, deb ko‘rsatildi.

1934 yil (bundan 87 yil oldin) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi O‘lmas Umarbekov tavallud topdi (vafoti 1994 yil). U 1987–1989 yillarda Madaniyat vaziri, 1989–1991 yillarda bosh vazir o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritdi. Hayotning botiniy qatlamlarini chuqur o‘rganish va tahlil etish, inson taqdirida ro‘y bergan ziddiyat va holatlarni, belgilarni umumlashtirish, badiiy tafakkur tarozisiga qo‘yish, lirizmga moyillik, inson xarakterini uning ruhiy holati, his-tuyg‘ulari orqali ochib berish uning ijodiy uslubiga xos xususiyatlardir.

1943 yil (bundan 78 yil oldin) – “Toshkent temiryo‘li ishi to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilindi. Temiryo‘l harbiy holatga o‘tkazildi, unda ishlovchilar safarbar etilgan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq intizomga rioya etish majburiyat qilib qo‘yildi.

Poyezdlar harakatida qo‘shinlar va harbiy yuklarni birinchi navbatda o‘tkazib yuborishni ko‘zda tutuvchi harbiy grafik joriy etildi. Toshkent temiryo‘l transportchilari ko‘chirib keltirilayotgan korxonalarning asbob-uskunalarini va millionlab kishilarni G‘arbdan Sharqqa, jangovar texnika va qurol-yarog‘larni Sharqdan G‘arbga o‘z vaqtida to‘xtovsiz o‘tkazib turish topshirig‘ini bajardilar.

1992 yil (bundan 29 yil oldin) – G‘arbiy Afrikadagi Burkina Faso davlati O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Daniya qirolligi hamda Mongoliya bilan diplomatiya aloqalarini o‘rnatdi.

1996 yil (bundan 25 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan ishchilar, muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilar jamoasi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgani va ishlab chiqarishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinati O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.

1999 yil (bundan 22 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi tasdiqlandi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Is'hoqxon Ibratning kitob nashr etishdan ko‘zlagan maqsadi