“Ishonch”-“Doveriye” o‘quvchilarning ishonchini qozonmoqda (+video)
“Ishonch-Doveriye” gazetalari axborot iste’molchilari orasida o‘zining o‘qishliligi, dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy maqolalar chop etayotgani, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotini yoritishdagi faolligi bilan nom qozongan. Har kuni O‘zbekistonning barcha viloyatlariga gazetaning yangi soni o‘n minglab nusxada yetkazilmoqda.
Xo‘sh, “Ishonch-Doveriye” muxlislarini 2026 yilda qanday yangiliklar kutmoqda?
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan gazetxonlar bilan uchrashuvda ana shu masala yuzasidan fikr almashildi. Gazeta bosh muharriri – O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi Husan Ermatov tahririyatning yangi loyihalari haqida batafsil axborot berib, ishtirokchilarning savollariga javob qaytardi. Shuningdek, Husan Ermatovning O‘zbekiston Prezidentining BMT 80-assambleyasidagi ishtiroki haqidagi taassurotlari barchada qiziqish uyg‘otdi.
[gallery-25539]
Ijodiy muloqotda so‘zga chiqqanlar “Ishonch-Doveriye” gazetalari nafaqat kasaba uyushmalari faoliyati, balki O‘zbekistonning har jabhadagi islohotlari haqida tezkor, xolis va malakali axborot tarqatuvchi vosita ekanini ta’kidlashdi.
Uchrashuv yakunida gazetaning faol targ‘ibotchilari va mualliflari tahririyatning sovg‘alari bilan taqdirlandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pnqvUctQu_o" title="“Ishonch”-“Doverie” o‘quvchilarning ishonchini qozonmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video), Muqimjon Qodirov(surat),
O‘zA muxbirlari