Işçilarning 639 million sömdan ortiq mehnat haqi undirildi
Inson mehnati qadrlanişi, iş haqi esa öz vaqtida tölanişi kerak. Afsuski, ayrim hollarda işçilar öz mehnati uçun haqini kutib qolişadi. Bunday vaziyatlarda qonun himoyasi va adolatni qaror toptiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Majburiy ijro byurosi Quva tuman bölimi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida «Kuva Tekstil» korxonasining 38 nafar işçi-xodim oldidagi iş haqi qarzdorligi töliq bartaraf etildi.
Eng muhimi, jami 639,5 million söm mablağ işçi-xodimlar foydasiga undirib berildi!
Majburiy ijro byurosi uçun har bir ijro hujjati ortida inson taqdiri, uning manfaati va qonuniy haqi turgani muhimdir.
Quva tuman bölimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, sud hujjatlari ijrosini taʼminlaş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
ÖzA