Ishchilar xavfsizligi muhim
28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 22-sonli ixtisoslashgan davlat maktabida "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni"ga bag‘ishlangan "Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz" shiori ostida seminar tashkil etildi.
Seminar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining joriy yil 6 apreldagi va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Ijroiya qo‘mitasining 15 apreldagi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Unda mehnatni muhofaza qilish, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning inson sog‘lig‘iga ta’siri, ushbu xavfli omillarni o‘lchashda qo‘llaniladigan zamonaviy uslublar, ish o‘rinlarida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar haqida so‘z bordi.
Seminarga umumta’lim maktabi direktorlari, boshlang‘ich kasaba uyushma raislari, mehnat muhofazasi bo‘yicha maktab vakillari va komissiya a’zolari ishtirok etdi.
O‘zA