Iqtisodiy sudlar tadbirkorlik subʼektlari foydasiga 6,8 trillion söm undirgan
Iqtisodiy sudlarning asosiy vazifasi – iqtisodiyot sohasida yuridik şaxslar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolaşilayotgan huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini odil sudlov yöli bilan himoya qilişdan iborat.
Uşbu vazifalar Özbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va “Sudlar töğrisida”gi qonun bilan belgilangan.
Qonunçilikka köra, iqtisodiy sudlar öz faoliyatida korxonalar, muassasalar, taşkilot (yuridik şaxs)lar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning buzilgan yoki nizolaşilayotgan huquqlarini tiklaydi.
Iqtisodiy munosabatlarda qonun ustuvorligini taʼminlaydi va sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olişga kömaklaşadi. Tadbirkorlik subʼektlari va fuqarolarda qonunga hamda sud hokimiyatiga nisbatan hurmat ruhini qaror toptiradi.
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovning aytişiça, joriy yil 9 oyida iqtisodiy sudlar tomonidan birinçi instansiyada 312 ming 322 ta iş körib çiqilib, hal etilgan. Eng köp işlar Toşkent şahar, Andijon, Qaşqadaryo, Toşkent va Buxoro viloyatlari iqtisodiy sudlari tomonidan körib çiqilgan.
Investitsiyaviy nizolarga oid 46 ta iş körilib, 14 tasi böyiça daʼvo talablari qanoatlantirilgan. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarini huquqiy himoya qilişga oid 52 ming 136 ta iqtisodiy iş körib çiqilib, ular foydasiga 6,8 trillion söm miqdorida mablağ undirilgan.
Iqtisodiy sudlarda körilgan işlarning asosiy qismini banklardagi hisobvaraqlar böyiça operatsiyalarni töxtatib turiş, mahsulot yetkazib beriş, kredit va kommunal xizmat körsatiş şartnomalari hamda tölovga qobiliyatsizlikka oid nizolar taşkil etgan.
Aniqlangan qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş maqsadida 2 ming 591 ta xususiy ajrim çiqarilib, tegişliligi böyiça yuborilgan.
Apellyatsiya tartibida 4 ming 734 ta iqtisodiy iş körib çiqilgan. Birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 697 ta qaror bekor qilinib, 341 ta sud qarori özgartirilgan.
Kassatsiya tartibida 2 ming 896 ta iqtisodiy iş körib çiqilgan. Birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 620 ta qaror bekor qilinib, 301 ta sud qarori özgartirilgan.
Taftiş tartibida 2 ming 515 ta iqtisodiy iş körib çiqilgan. Quyi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 350 ta qaror bekor qilinib, 81 ta sud qarori özgartirilgan.
Oliy sudning iqtisodiy işlar böyiça sudlov hayʼati tomonidan taftiş tartibida 593 ta iş körib çiqilgan. Quyi sudlar tomonidan çiqarilgan 264 ta qaror bekor qilinib, 28 ta sud qarori özgartirilgan.
N.Abduraimova,
ÖzA