Iqtisodiy hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlarning kelgusi ustuvor vazifalari belgilab olindi
Islomobod şahrida Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 30-yiğilişi bölib ötdi. Unda mamlakatimiz delegatsiyasiga Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmonov boşçilik qildi.
Yiğiliş kun tartibidan mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport boğliqligi, investitsiyalar va ekologik barqarorlikka oid dolzarb masalalar örin oldi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan işlab çiqilgan “Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari — 2035” konseptual hujjati hamda Islomobod kommyunikesi qabul qilindi.
Mazkur hujjatlar mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaş va taşkilotga aʼzo davlatlar iqtisodiy birdamligining ustuvor yönalişlarini belgilab berişga qaratilgan.
Aziza Alimova, ÖzA