Iqtidorli bokschilar saralandi
Poytaxtimizda boks bo‘yicha 1999-2000-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslarida 210 nafar bokschi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Poytaxtimizda boks bo‘yicha 1999-2000-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslarida 210 nafar bokschi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.O‘z vazn toifasida buxorolik Halim O‘tegenov, Bahodir Barotov, Saidjamshid Jafarov, surxondaryolik Asadbek Avazov, samarqandlik Murodjon Aliyev, farg‘onalik Bilolbek Mirzarahimov, Yahyoxon Saidxonov, Qosimxon Qosimov, Abbosxon Mirzaabdullayev, poytaxtlik Sarvar Qoriyev, Temur Merjanov, Toshkent viloyatidan Temurbek Sa’dullaev, Dilshod Ro‘zmetov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Umumjamoa hisobida Farg‘ona viloyati vakillari birinchi, buxorolik bokschilar ikkinchi, poytaxtlik sportchilar uchinchi o‘rinni egalladi.