“Iqtidor” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Madaniyat uyida “Iqtidor” maktab ansambli respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa маданияти fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida milliy cholg‘u san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning xalq cholg‘ulari san’atiga oid qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda.

Tanlovning tuman va shaharlar bosqichida ishtirok etish uchun viloyatdagi 367 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 890 ta maktab jamoasi onlayn ro‘yxatdan o‘tib, o‘zaro bellashdi. G‘olib bo‘lgan jamoalar esa viloyat bosqichida o‘z iqtidorini namoyish etdi.
Yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Zarafshon shahridagi 4-maktabning “Amanat” jamoasi, 2-o‘rinni Navoiy shahridagi 8-maktabning “Navo” jamoasi va 3-o‘rinni Uchquduq tumanidagi 10-maktabning “Navo” jamoasi egalladi.

G‘olib va sovrindor hamda faol jamoalar diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA