Iqon shevasida fe’lning o‘ziga xos xususiyatlari
Zoxira Riskulovna XIDRALIEVA katta o‘qituvchi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqola Janubiy Qozog‘istonning shimoliy o‘zbek guruhi shevalaridan bo‘lgan Iqon shevasining morfologik xususiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shevaning xususiyatlaridan biri fe’llarning qo‘llanishida o‘ziga xosligi, adabiy til va boshqa o‘zbek shevalaridagi fe’llardan semantik farqlanishi ko‘rib chiqilgan. Ularning fonetik tarkibi, tuslanishi bilan bog‘liq holatlar, ya’ni fe’l asosiga turli grammatik shakllarning qo‘shilishi imkoniyatlari tahlil qilingan.
Tayanch so‘zlar: adabiy til, sheva, lahja, fe’l, tuslovchi, zamon kategoriyasi, grammatik shakl, sintetik shakl, analitik shakl.