Ipoteka kreditlari ajratish hajmi 13,1 trln so‘mga yetdi (+video)
2026-yilning birinchi yarim yilligida tijorat banklari tomonidan 42,6 ming nafar fuqaroga jami 13,1 trln so‘mlik ipoteka krediti ajratildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 trln so‘mga ko‘p.
Ajratilgan ipoteka kreditlarining 75 foizi (9,8 trln so‘m) birlamchi uy-joy bozoriga, 25 foizi (3,3 trln so‘m) esa ikkilamchi bozorga yo‘naltirildi. Bu yangi qurilgan uy-joylarga talab yuqori bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.
Ipoteka kreditlarining o‘rtacha foiz stavkalari moliyalashtirish manbasiga qarab 16,8–21,6 foiz oralig‘ida shakllandi. Xususan, respublika byudjeti hisobidan ajratilgan kreditlarda o‘rtacha stavka 16,8 foiz, bank mablag‘lari hisobidan 20,1 foiz, O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan esa 21,6 foizni tashkil etdi.
Banklar kesimida hisobot davrida eng ko‘p ipoteka krediti Xalq banki tomonidan ajratilgan – 2,2 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Agrobank (2,0 trln so‘m) va Milliybank (1,7 trln so‘m) qayd etildi.
https://youtu.be/q7ertZHPuiM
M.Turdaliyeva, I. Ismatov (O‘zA)