Investitsiyaviy loyihalar samarasi
10 turga yaqin mahsulot ishlab chiqarish bilan faoliyatini boshlangan korxona yangi investitsiyaviy loyihalar samarasida mahsulot turini 300 taga yetkazishga erishdi.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasidagi “Polipropilen quvurlar” masʼuliyati cheklangan jamiyatida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha 5 ta investitsiyaviy loyiha amalga oshirildi.
10 turga yaqin mahsulot ishlab chiqarish bilan faoliyatini boshlangan korxona yangi investitsiyaviy loyihalar samarasida mahsulot turini 300 taga yetkazishga erishdi.

Hozirda bu yerda kanalizatsiya tarmoqlari uchun kerakli boʻlgan turli diametrdagi polipropilen quvurlar hamda ulovchi vositalar tayyorlanmoqda. Eng soʻnggi rusumdagi uskunalar oʻrnatilgan sexlarda mahalliy mutaxassislar zamon talablariga mos, xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarmoqda. Korxonaning 60 nafar kishilik jamoasi oʻz mahsulotlari bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga faol hissa qoʻshmoqda.