Investitsiya loyihalarini joriy etishda muammolar bor
Prezidentning “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonida bu qayd etildi.
Prezidentning “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmonida bu qayd etildi.Farmonda keltirilishicha, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat koʻrsatish amaliyotini oʻrganish ularning samarali faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qiluvchi tizimli muammolar va kamchiliklar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Xususan, maʼmuriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari faoliyatining yetarlicha samarali emasligi, shuningdek, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining sust rivojlanganligi investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishga toʻsqinlik qilmoqda va erkin iqtisodiy zonalarning salohiyatli investorlar uchun jozibadorligini pasaytirmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirishda davlat boshqaruvi organlari funksiyalarining takrorlanishi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilishning kechikishiga olib kelmoqda.