Vazirlik va idoralarning intellektual mulk sohasini rivojlantirishdagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Adliya vazirligi huzurida  Idoralararo ishchi guruh tashkil etildi.

Mazkur ishchi guruhning birinchi yig‘ilishida yigirmadan ortiq vazirlik va idora vakillari ishtirok etib, mamlakatimizda intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni samarali amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Tadbir davomida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda sohaga oid ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida Idoralararo ishchi guruhning keyingi faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, vazirlik va idoralar kesimida tegishli vazifalar taqsimlandi. 

Ma’lumki, 2025 yil 8 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan intellektual mulk egalarining mulkiy huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirildi. Bunday intellektual mulk ob’ektlari doirasi kengaytirildi.

Qonun ijrosi samarali ta’minlanishida ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan bunday tuzilmalar ham o‘z hissasini qo‘shadi. 

Qolaversa, ishchi guruh mamlakatimizda intellektual mulk tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni qo‘llash va milliy manfaatlarni samarali himoya qilish yo‘lida izchil faoliyat yuritadi. 

N.Abduraimova,

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intellektual mulk tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantiriladi