Intellektual mulk ob’ektlariga beriladigan patent va guvohnoma shakllari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Adliya vazirligi intellektual mulk ob’ektlariga beriladigan patent va guvohnoma shakllarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3909, 2026-yil 24-iyul).
Mazkur hujjat bilan intellektual mulk ob’ektlariga beriladigan quyidagi patent va guvohnoma shakllari tasdiqlanmoqda:
1) Ixtiro patentining shakli;
2) Foydali model patentining shakli;
3) Sanoat namunasi patentining shakli;
4) O‘simlik naviga patentning shakli;
5) Hayvon zotiga patentning shakli;
6) Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir guvohnomaning shakli;
7) Hammaga ma’lum tovar belgisiga guvohnomaning shakli;
8) Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli;
9) Geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli;
10) Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli;
11) Ma’lumotlar bazasining rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli;
12) Integral mikrosxemalar topologiyasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning shakli.
Yuqoridagi patent va guvohnoma shakllari intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni rasmiy tasdiqlash, ularning huquqiy himoyasini ta’minlash hamda mualliflar va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
O‘zA