Institut jamoasi Jasmina Immayevani qutladi
FOTOREPORTAJ
Toshkent kimyo-texnologiya institutida Konya-2021 V Islom birdamligi o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan Jasmina Immayevani taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan institut rektori professor Botir Usmonov jamoa nomidan Jasmina Immayevani qutlab, iqtidorli talabalarni doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. Mamlakatimiz sharafini yuksaltirgan sportchining ota-onasiga tashakkur izhor etildi.
Sportchi qiz musobaqa taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, e’tibor uchun institut jamoasiga ulkan minnatdorchilik bildirdi.
Tadbir yakunida institut rektori tomonidan J.Immayevaga pul mukofoti va eng so‘nggi rusumdagi noutbuk taqdim etildi.
[gallery-8376]
Davron ERNAZAROV (surat),O‘zA