Instagram “zoʻravon”lari ushlandi (+video)
Instagramʼ ijtimoiy tarmogʻining “Greenrapoffʼ” nomli foydalanuvchisi sahifasidan tarqatilgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Instagramʼ ijtimoiy tarmogʻining “Greenrapoffʼ” nomli foydalanuvchisi sahifasidan tarqatilgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Unda, 3 nafar nomaʼlum shaxs jonli muloqotda internet foydalanuvchilariga nisbatan haqoratli soʻzlar ishlatayotgani aks etgan.
Shuningdek, olmaliqlik shaxslar ekani taxmin qilingan instagram zoʻravonlari internet foydalanuvchilariga pichoq bilan tahdid qiladi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tezkor surushtiruv ishlari olib borildi. Natijada, ushbu shaxslar Toshkent shahar Shayhontohur tumanida yashovchi 2000-yilda tugʻilgan Sh.A va 1999-yilda tugʻilgan J.H ekani aniqlanib, ushlangan. Videodagi holat shu yilning yanvar oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan.
Ushbu shaxslar bilan IIBBda profilaktik suhbat oʻtkazilib, xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy chora koʻrilishlik uchun toʻplangan hujjatlar tegishliligi boʻyicha Toshkent shahar IIOga yuborildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati