Inson, jamiyat va davlat
Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida ana shu tamoyil asosida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi viloyat ishchi guruhi vakillari ishtirok etib, aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tushuntirish ishlarini olib bordi.

Yig‘ilish davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, milliy va ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

– Oila jamiyatning tayanchi, tarbiyaning o‘chog‘idir, – deydi tadbir ishtirokchisi Dilfuza Taganova. – Agar oilada ota-ona va farzand o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lsa, farzand o‘z muammosini ko‘chada emas, avvalo uyida hal qiladi. Keksalarga hurmat, kichiklarga izzat, halollik va mehr-oqibat kabi tuyg‘ular oilada shakllanadi. Tadbir davomida biz aynan mana shu “oila - mahalla - ta’lim dargohi” zanjirini mustahkamlash haqida kelishib oldik. Ma’naviyat bor joyda yot g‘oyalarga o‘rin qolmaydi.
Tadbir davomida xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida huquqiy hamda diniy savodxonlikni oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri