Imtiyozlar qulaylik yaratmoqda
Farmonga binoan, 2020-yil 1-iyuldan 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etildi.
Pandemiya sharoitida davlatimiz aholini ham, tadbirkorlarni ham qoʻllab-quvvatlab, ular uchun qulay sharoitlar yaratib bermoqda. Misol uchun, karantin sharoitida eng koʻp zarar koʻrgan tarmoqlardan biri – umumiy ovqatlanish sohasi boʻldi.
Joriy yilning ikkinchi choragida birinchi chorak yakunlariga nisbatan mazkur tarmoq mahsulot aylanmasi sezilarli miqdorda kamaydi. Korxonalarning mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi hajmi keskin kamayishi natijasida ishchilar soni ham qisqardi. Mazkur bir-biriga chambarchas bogʻliq jihatlar natijasida ushbu tarmoq boʻyicha byudjet yoʻqotishlari anchagina sezildi.
Davlatimiz rahbari ayni jihatlarni inobatga olib, joriy yil 20-iyulda “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonga imzo chekdi.
Farmonga binoan, 2020-yil 1-iyuldan 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etildi.
Birgina, Navoiy viloyatida 316 ta umumiy ovqatlanish korxonalari mavjud boʻlib, joriy yilning ikkinchi yarmida qariyb 725 million soʻm miqdorida aylanmadan olinadigan soliq tadbirkorlar ixtiyorida qolmoqda.
Mazkur hujjatga asosan, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllagan holda, ularni kichik korxonalar toifasiga kiritish maqsadida 2020-yil 1-iyuldan boshlab xodimlar sonini 25 nafardan 50 nafarga oshirishga ruxsat berildi.
Joriy yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilindi.
Umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib berish orqali sotish huquqi berildi.
2021-yil 1-iyulga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatilgan joylashtirish, qurish va foydalanish boʻyicha vaqtinchalik talablarga rioya qilgan holda hamda tuman va shahar hokimliklarini xabardor qilish orqali isteʼmolchilarga ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish uchun oʻzlariga tutash boʻsh yer uchastkalarida yengil konstruksiyalarni bepul joylashtirish va qurish huquqiga ega boʻldi.
2021-yil 1-iyulga qadar karantin cheklovlarining bekor qilinishiga qarab tadbirkorlik subyektlariga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan davlat soliq xizmati organlarini savdo muddati, mahsuloti va transport toʻxtashi taqiqlanmagan joylarni koʻrsatgan holda xabardor qilish orqali avtodoʻkon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi taqdim etildi.
Yana bir muhim jihat, koronavirus pandemiyasi davrida taqdim etilgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha berilgan imtiyozlar va ijtimoiy soliq stavkasini 12 foizdan 1 foizga pasaytirish boʻyicha mikrofirma va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlar 2020-yil 31-dekabrga qadar uzaytirildi.
– Navoiy shahridagi “Great Star Temur” oilaviy korxonasiga qarashli «Aziya» oshxonamiz 16 yildan beri faoliyat koʻrsatadi, – deydi tadbirkor Dilorom Qodirova. – Pandemiya davrida qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bir paytda Prezidentimizning mazkur farmoni biz tadbirkorlarga yana bir koʻmak boʻldi. Xususan, karantin cheklovlari sabab mijozlarga faqatgina yetkazib berish xizmatini yoʻlga qoʻydik. Natijada daromadimiz ham keskin kamayib, koʻpchilik ishchilarimiz vaqtincha uyda qolishga majbur boʻldi. Endilikda joriy etilgan imtiyozdan foydalanib, ishchilarimizni qoʻllab-quvvatlash, ish oʻrinlarini saqlab qolish, faoliyatimizni tiklashga alohida eʼtibor qaratayapmiz.
Muxtasar aytganda, mazkur farmon koronavirus pandemiyasi davrida aholini, ayniqsa, umumiy ovqatlanish va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash, ish oʻrinlarini saqlab qolish, ularning daromadlarini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.