Ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari” mavzusida xorijiy mutaxasislar ishtirokida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Ilmiy-amaliy anjumanni universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.Abdullayeva “XXI asr pedagogikasi: modellar, tendenwiyalar va trendlar” nomli ma’ruzasi bilan ochib berdi. Konferensiyani “Umumiy pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor B.Xodjayev moderator sifatida boshqardi.

Anjumanda Akademik Siddiq Rajabovning pedagogik qarashlari va fundamental pedagogikaning dolzarb muammolari, jadid pedagogikasi talqini, raqamli transformatsiya rivojlantirishning dolzarb masalalari, uzluksiz ta’limda 4K modeli, inklyuziv ta’lim muammo va yechimlari, zamonaviy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, pedagogik imij: konsepsiyalar va amaliy tadqiqotlar, pedagogik innovatika amaliyoti, gibridli o‘qitish: kelajak ta’limining yangi modeli, dual ta’lim o‘qitishning innovatsion shakli sifatida, multimodal pedagogika: kommunikativ, terapevtik va akmeologik aspektlari kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Anjumanda xorijlik o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Keng jamoatchilik uchun an’anaga aylangan mazkur ilmiy-amaliy anjuman yuqori saviyada, ya’ni pedagogik g‘oyalar, taklif va tavsiyalar ilgari surilgan holda o‘tkazildi.
Dilorom Adilova,
TDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasi dotsenti