Illinoys shtatida otishma sodir bo‘ldi
Amerikaning Illinoys shtatidagi Haylend-Park shahrida AQSH mustaqillik kuni sharafiga o‘tkazilgan parad chog‘ida otishma sodir bo‘ldi.
“Fox News” ma’lumotiga ko‘ra, kamida 6 kishi halok bo‘lgan, 31 kishi yaralangan.
Shahar meriyasining xabar berishicha, politsiya otishmada gumondor sifatida 18-20 yoshli yigitni qidirmoqda.