“Ilk rivojlanish markazi” ish boshladi
Uchquduq tumanidagi 7-umumta’lim maktabida ehtiyojmand oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim tizimiga bepul qamrab olish, ularning jamiyatga moslashishi, qobiliyatlarini rivojlantirish va kelgusida muvaffaqiyatli ta’lim olishga zamin yaratish maqsadida “Ilk rivojlanish markazi” ish boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 14 iyuldagi “Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan markaz uchun 4 ta xona ajratilgan va “Kambag‘al oilalar reyestri”dagi bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan.



Markazda 3-6 yoshli bolalar uchun “o‘yin guruhi”, 2-7 yoshli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun “maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” yo‘lga qo‘yildi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri