Ilk marta grippdan oʻlim holati qayd etildi
Litvada 2019 yil boshidan buyon ilk marta grippdan oʻlim holati qayd etildi.
Litvada 2019 yil boshidan buyon ilk marta grippdan oʻlim holati qayd etildi. REGNUM xabariga koʻra, Shyaulyaysk shifoxonasida keksa ayol mazkur kasallik tufayli olamdan oʻtgan. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan matbuot anjumanida shifokorlar bemorning yoshiga aniqlik kiritmagan va uning grippga qarshi emlanmaganini aytgan.
Shuningdek, mazkur shifoxonaga oʻrtacha ogʻirlikdagi yana oʻnta bemor olib kelingan. Litvada gripp epidemiyasi eʼlon qilinmagan, lekin kasallik bilan bogʻliq holatlar 100 tadan 10 mingtagacha koʻpaygan.