Ikkinchi mutaxassislikka qabul uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Imtihonlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlariga ko‘ra suhbat shaklida o‘tkazildi va unda 300 nafarga yaqin talaba ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Kirish imtihonlarining adolatli va shaffof o‘tishi institutning korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassislari tomonidan nazoratga olindi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun o‘tkazilgan imtihonlar natijasi institut veb-saytida e’lon qilinadi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri