Ikki diplomli boʻlishning qanday talablari bor?
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat lingvistika universitetlari oʻrtasida rus tili yoʻnalishi boʻyicha ikki diplomlilikka oʻtish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Bir guruh xorijlik mutaxassislar bilan oʻtkazilgan rasmiy uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad oʻzaro hamkorlikda mamlakatimizda rus tilini oʻrganishni yanada rivojlantirish, malakali rus tili mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirishdan iborat.
Dasturda ishtirok etish istagidagi talabalar MDLU talablari asosida imtihon topshiradi. Nomzodlar rus tilini B2 va ingliz tilini B1 darajada oʻzlashtirgan boʻlishi lozim. Ushbu Qoʻshma dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar har ikkala universitetning qoʻshma diplomiga ega boʻlishadi.