Ikki buyuk ma’naviy ummon
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabida “Ikki buyuk ma’naviy ummon” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar ikki buyuk siymo – so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy, ulug‘ shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi, ular qoldirgan ulkan adabiy merosning yoshlar tafakkurini o‘stirishdagi, dunyoqarashini boyitishdagi beqiyos ahamiyati xususida so‘z yuritdi.
Shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokidagi tadbir qizg‘in savol-javob va zavqli she’rxonlikka ulanib ketdi.
O‘quvchilar Alisher Navoiy va Bobur ijodiga mansub g‘azal va ruboiylardan yod oldi. Mashhur g‘azallarga bastalangan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondining moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan “Bilim – najot kaliti” loyihasi doirasida “Repetitor” gazetasining bepul nusxalari tarqatildi.
[gallery-15846]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA