Ikki bokschimiz shohsupaga ko‘tarildi
Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida xotin-qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Yodgoroy Mirzaeva hamda Rayhona Qodirova sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida xotin-qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Yodgoroy Mirzaeva hamda Rayhona Qodirova sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Dunyoning o‘nga yaqin davlatidan yuzdan ortiq charm qo‘lqop ustalari ishtirok etgan musobaqaning 57 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Yodgoroy Mirzaeva finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, terma jamoamizning yana bir a’zosi, vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan Rayhona Qodirova xalqaro turnir shohsupasining uchinchi pog‘onasidan joy oldi.