Ijtimoiy fanlarni o‘qitish usullari
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida «Ijtimoiy fanlar: holati, tutash manzillari va ta’lim masalalari» mavzuida ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida «Ijtimoiy fanlar: holati, tutash manzillari va ta’lim masalalari» mavzuida ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti «Yetakchi» yoshlar markazi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, sotsiologlar, tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning ezgu maqsadlaridan biri – hech kimdan kam bo‘lmagan, o‘zining mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega, yuqori intellektual salohiyat va zamonaviy kasb-korli avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Anjumanda ijtimoiy fanlardagi innovatsiyalar, empirik tadqiqotlar, ta’lim tizimini isloh etishda zamonaviy yondashuvlar, yoshlar tarbiyasida ta’lim va ijtimoiy fanlar uyg‘unligi kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
– Ta’lim jarayoniga zamonaviy metodik yondashuvlarni joriy etish, sifat va samaradorlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yoshlar bilimini mustahkamlash, ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy jarayonlardagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Sabohat Kalonova. – Bu borada ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilayotir. Ushbu konferensiya ilmiy izlanishlarimizni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Tadbirda ijtimoiy fanlar bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarning ahamiyati, erishilayotgan natijalar, kelgusidagi rejalar va kutilayotgan samaralar xususida so‘z yuritildi.
Jahon ta’lim tizimining ilg‘or yutuqlari asosida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, ijtimoiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratishga oid ma’ruzalar tinglandi.