Ijodkor o‘quvchilar uchun imkoniyat
Ma’lumki, shu yilning 11 iyul kunidan yurtimizdagi ijod maktablariga o‘quvchilarni saralash imtihonlari boshlandi.
Guliston shahrida joylashgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga joriy yilda 357 nafar nomzod hujjat topshirdi. Shundan 70 nafari 10-sinfga, 287 nafari esa 7-sinfga qabul uchun saralash imtihonlarida ishtirok etdi.
[gallery-12769]
Saralash imtihonlarida o‘g‘il-qizlar uchun barcha qulaylik yaratib berildi. Ular salqin xonalarda hech bir qiyinchiliksiz ijodiy imtihon sinovlarini topshirdilar. Ota-onalar esa farzandlarining imtihon topshirish jarayonlarini monitor orqali bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA