Ijod maskaniga ijodkor tashrifi
Guliston shahri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabiga Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi, xalqimizning ardoqli shoiri Saʼdulla Hakimov tashrif buyurdi.
Guliston shahri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabiga Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi, xalqimizning ardoqli shoiri Saʼdulla Hakimov tashrif buyurdi.
Ijod maktabining oʻquvchilari sevimli shoirimiz M.Ismoilovning qalamiga mansub ijod maktabi madhiyasini joʻr ovozda aytgan holda Saʼdulla Hakimovni kutib olishdi.
Yoshlik quyoshining zarlari tarqab
Hayot sahnasiga yogʻilmoqda nur
Iqtidor zakovat javhari sachrab
Millat yuragidan sochilmoqda dur
Ijod maskaniga ijodkorning tashrifi maktab oʻquvchilarini behad quvontirdi va maktab oʻquvchisi Bobojonov Neʼmatulla Halima Xudoyberdiyevaning sheʼridan namunalar oʻqib shoirni tabrikladi.
Saʼdulla Hakimov Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabiga qadam qoʻyganimni oʻzidayoq qandaydir hayajon meni chulgʻab oldi. Mana shunday muhtasham maktabda oʻqiyotgan oʻquvchilar yurtimizning eng baxtli yoshlari deb bemalol aytish mumkin. Hali bu maskandan koʻplab Halimaxonimdek shoiralar yetishib chiqadi. Aziz oʻgʻillarim qizlarim, sizlar oʻz oldingizga buyuk maqsad qoʻyinglar. Yuqori marralarni koʻzlagan inson albatta biror-bir yutuqqa erishadi deya toʻlqinlanib gapirdi va oʻzining Halima Xudoyberdiyevaga bagʻishlangan sheʼrini oʻquvchilar eʼtiboriga havola etdi.
Ijod maktabi jamoasi va oʻquvchilari shoirga tashrifi uchun tashakkur aytib ijod maktabida Saʼdulla Hakimovni yana kutib qolish istagi borligini bildirishdi.
Sh.Mamadaleva,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
Ijod maktabi oʻqituvchisi