Ijara tashvishlari yengillashadimi?
Ijarada yashash qiyinchiliklari ko‘pchilikka tanish.Xo‘sh, mamlakatimizda ijaraga turar joy topishda yordam ko‘rsatish xizmati qay darajada?
O‘zA muxbiri poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan “Uy bozori”da bo‘lib, narxlar bilan qiziqdi. Ijara uylar narxi sharoiti, qulayliklari, joylashgan manziliga qarab, 150 AQSH dollaridan 400 AQSH dollarigacha belgilangan. Agar “ OLX” bozori orqali ijaraga uy izlab ko‘rsangiz, 700, hatto 800 AQSH dollari qiymatidagi ijara uylar borligiga ham guvoh bo‘lasiz.
Ijaraga uy izlagan ko‘p. Ularning orasida uysiz qolib o‘rindiqda tunagan talaba-yu, uzoq yillar davomida o‘z oilasi bilan uyma-uy sarson bo‘lganlar bor. “Makler”lar ijarachilar xizmatida.
Davlatimiz rahbari raisligida uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda ham aholi soni o‘sishi bilan uy-joyga ehtiyoj oshib borishi hisobga olinib, og‘ir turmush sharoitidagi oilalarni ijtimoiy ijara asosida uy bilan ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tilgandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur muammolarni hisobga olib, ijtimoiy ijarani kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Misol uchun, xususiy uylar ijara haqining bir qismiga subsidiya berish yoki foydalanilmayotgan yotoqxonalarni ta’mirlab, ijtimoiy ijaraga ajratish mumkinligi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan.”Eng muhim masala, berilayotgan imtiyozlarni halol-pok qo‘llash bo‘yicha adolatli tizim yaratish, bu borada odamlarimizning xabardorligini oshirish zarur”degan edi davlatimiz rahbari.
Mazkur muammolarga ijobiy yechim topish, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Prezidentimizning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Bu farmon xalq turmushini farovon qilishga xizmat qiladi.
<iframe width="1423" height="588" src="https://www.youtube.com/embed/yatflezchoA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
Muhayyo Toshqorayeva,
Yoqub Meliboyev(video), O‘zA