IFFHS reytingida O‘zbekiston AQSHdan bitta balandda
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi(IFFHS) 2021 yil mobaynida dunyoning eng yaxshi milliy ligalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, kuchli uchlikni Braziliya, Angliya va Italiya tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston ligasi 80 ta davlat orasida AQSHdan bitta baland o‘rinda, ya’ni 66-pog‘onada qayd etildi.
Osiyo qit’asida kuchlilar ro‘yxatida Janubiy Koreya(22), Yaponiya(34), Eron(40) va Saudiya Arabistoni(48) qayd etilgan.
Ushbu statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro reytingda 66-o‘rinda, qit’ada kuchli beshlikda, turkiy tilli davlatlar orasida Turkiya va Ozarbayjondan keyin 3-o‘rinda ko‘rsatilgan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA