“IFFHS” jahon reytingidan uchta klubimiz o‘rin oldi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) dunyoning eng kuchli klublari yangi reytingini e’lon qildi va undan mamlakatimizning uch jamoasi o‘rin oldi.
Mazkur reytingni shakllantirishda 2023 yil 1 iyuldan 2024 yil 30 iyungacha bo‘lgan davrda qayd etilgan natijalar e’tiborga olindi. Jadvalning eng yuqori pog‘onasidan UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi, Yevropa qit’asining eng kuchli jamoalaridan biri “Real Madrid” klubi birinchi pog‘onadan o‘rin oldi.


Ushbu jamoa bir yil davomida 371 ball to‘pladi. Yevropa jamoalari – “Manchester Siti”, “Bayer”, “Atalanta”, “Borussiya Dortmund”, “Atletiko Madrid”, “Bavariya”, “Barselona”, “Arsenal”, “Inter” kuchli o‘nlikka kirdi.


Biz uchun ahamiyatlisi, “IFFHS” reytingida mamlakatimizning “Nasaf” jamoasi 88,25 ball bilan 201-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “Navbahor” klubi 83,75 ball jamg‘arib, 221-qatordan o‘rin egalladi. “Paxtakor” esa jahon reytingida 51 ball to‘plab 496-o‘ringa joylashdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA