Ibroimov Sherzod Ibroim o‘g‘lining geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Amudaryo hozirgi deltasining daraxtsimon va paragenetik landshaft komplekslari» mavzusida
Ibroimov Sherzod Ibroim o‘g‘lining 11.00.01 – Tabiiy geografiya ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «Amudaryo hozirgi deltasining daraxtsimon va paragenetik landshaft komplekslari» mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 28 oktyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Muqimiy ko‘chasi 45-uy, Samarqand davlat universiteti Yuridik fakulteti binosi, 222-xona.
Tel/faks: (+99895) 410-20-10; (+99866) 239-19-36.
ye-mail: rektor@samdu.uz