Ibn Sino va zamonaviy tibbiyot
Buxoroda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1040-yilligini keng nishonlash maqsadida “Ibn Sino merosi – bebaho xazina” mavzusida onlayn ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Buxoroda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1040-yilligini keng nishonlash maqsadida “Ibn Sino merosi – bebaho xazina” mavzusida onlayn ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Tadbir Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan oʻtkazildi.
“Oʻzbekistonda xalq tabobatini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbirda partiya tashkilotlari xodimlari, mahalliy kengashlardagi OʻzMTDP guruhi aʼzolari hamda Ibn Sino jamoat fondi viloyat filiali xodimlari qatnashdi.
Tadbir davomida partiya viloyat kengashi hamda Ibn Sino jamoat fondi viloyat filiali bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.