Humoyunmirzo Halimov Osiyo o‘yinlarida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining bugungi dasturidan o‘rin olgan karate bahslari sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Xususan, hamyurtimiz Humoyunmirzo Halimov (-55 kg) chorak finalda malayziyalik Tevendron Sundramni, yarim finalda esa nepallik Rakesh Manandharni ishonchli tarzda mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda Humoyunmirzo qozog‘istonlik Jolaman Bigabilga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, Humoyunmirzo Halimov O‘zbekiston delegatsiyasiga XX Osiyo o‘yinlaridagi ilk medalni taqdim etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA