Humoyun Sultonov nufuzli turnir finalida
Hindistonning Kalaburagi shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov finalga yo‘l oldi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Humoyun M25 tasnifidagi mazkur musobaqaning yarim finalida hindistonlik Dev Javiyaga qarshi kortga chiqdi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda tennischimiz 7:6, 6:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu bosqichda neytral tennischi Bogdan Bobrov AQSH vakili Nik Chapellni 6:3, 6:0 hisobida tasli etdi.
Shu tariqa, nufuzli turnirning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Humoyun va Bogdan ertaga, 24 noyabr kuni bosh sovrin uchun o‘zaro raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA