Hududlarda nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda
Navoiy viloyati hududlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limlari davlat inspektorlari tomonidan muntazam ravishda nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Nurota tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida fuqaro X.M. tomonidan tumanning Amir Temur mahallasi hududidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini yuklab ketayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3,4 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, Tomdi tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirida esa fuqaro K. va Ch. lar tomonidan tumanning “Tomdibuloq” OFY hududidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasini yuklab olib ketayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi.
Ushbu holat bo‘yicha fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6,8 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Hududlarda nazorat reyd tadbirlari davom etmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri