Hozircha parranda, keyin quyon va asalari
Parrandachilik mahsulotlariga yil sayin aholining talabi oshib bormoqda. Aslida ham bu yo‘nalish ham tuxum ham go‘sht yetkazib berishi bilan ahamiyatlidir.
Parrandachilik mahsulotlariga yil sayin aholining talabi oshib bormoqda. Aslida ham bu yo‘nalish ham tuxum ham go‘sht yetkazib berishi bilan ahamiyatlidir.Xo‘sh, bu sohani yanada rivojlantirish uchun nima qilmoq kerak? Buning uchun tutzorlardan samarali foydalanishni niyat qilgan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi yangi loyihani amaliyotga joriy etmoqda. Maqsadni to‘liq amalga oshirish uchun esa O‘zbekistonning Avstriyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbek-Vengr biznes forumi tashkil etdi.
Bu esa ipakchilik bilan bir vaqtda tutzorlarda parrandachilikni rivojlantirish, parranda mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va eksportini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda uyushma tizimida 43 ming gektardan ko‘proq tut plantatsiyalari mavjud va yana 6 ming 400 gektarda yangilari barpo etilmoqda. Bu esa tutzorlar orasida parrandachilikni rivojlantirish va ular uchun ozuqa yetishtirish imkonini beradi. Shu bois parrandachilik yo‘nalishidagi korxonalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Kelgusida tutzorlar orasida quyonchilik, asalarichilik va qo‘ychilikni rivojlantirish ham mo‘ljallanmoqda.
- Biz O‘zbekiston bilan doimiy hamkorlik qilishga tayyormiz,-deydi Vengriya elchisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Yanosh Vanik. –Bugungi kunda aholining parranda mahsulotlariga bo‘lgan talabi yil sayin oshib bormoqda. Bu esa jo‘jalarni xavfsiz oziq-ovqat bilan parvarishlash va sifatli go‘sht mahsuloti yetkazib berishni talab etadi. Bizning mamlakatimizda parranda uchun sifatli ozuqa va qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi korxonalar juda ko‘p.
Forum doirasida Vengriyaning parrandachilik yo‘nalishdagi yirik kompaniyalari -«Babolna Tetra», «MasterGood» va «Agro Feed» mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi.